Snouden AQSh aslida nima uchun Afg‘onistonga bomba tashlaganining sababini ma'lum qildi
AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden tvitterdagi sahifasida AQSh Afg‘onistonda bomba bilan zarba bergan tunnellar qisman AQSh mablag‘lari hisobiga barpo etilganini ma'lum qildi.
Gap Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi To‘ra-Bo‘ra (Qora g‘or) g‘orlar majmuasi haqida bormoqda. Snouden so‘zlariga isbot sifatida New York Times nashrida keltirilgan maqoladan parcha keltirdi.
"To‘ra-Bo‘ra Markaziy razvedka boshqarmasining qisman moliyalashtirishi hisobiga mujohidlar uchun qurilgan mustahkam baza hisoblanadi", deb aytilgan maqolada.
13 aprelda AQSh eng kuchli noyadroviy bomba deb e'tirof etiluvchi GBU-43 bombasini Afg‘onistonda birinchi marotaba jangovar sharoitlarda qo‘lladi. Zarbadan maqsad IShID jangarilari va ular harakatlanadigan tunnellar tizimini yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan. Pentagon matbuot xizmati bomba zarbasi Nangarhor viloyatidagi Achin tumaniga berilganini ma'lum qilgan.
Vashingtonda zarba IShID jangarilari tunnellari tizimiga berilgani va AQSh ma'muriyatining IShIDni yakson qilish va'dasiga sodiqligi namoyishi hisoblanishi aytilgan.
Ushbu g‘orlar majmuasi afg‘on urushi (1979-1989) yillarida mujohidlar va keyinchalik "Tolibon" harakati jangarilari tomonidan strategik obekt sifatida qo‘llangan. Ushbu majmua ko‘plab omborlar, turar joylar va boshpanalar, bunkerlar, qurol va o‘q-dori omborlariga ega, 400 metr chuqurlikka ketuvchi tunnellar labirintidan iborat. Ma'lum qilinishicha, tunnellarning umumiy uzunligi 25 km dan ko‘proqni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
07:50
AQSh AZAL layneri Rossiya HHM zarbasi tufayli halokatga uchragani belgilarini ko‘rmoqda
22:49 / 27.12.2024
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
21:44 / 27.12.2024
Tramp ilgari surayotgan ommaviy deportatsiya 86 mlrd dollarga baholanmoqda
18:33 / 26.12.2024