Ko‘z — juda nozik organ, uni ishqalash yoki noto‘g‘ri parvarish qilish mumkin emas. "Layfxaker" nashri shu mavzudagi maqolasini taqdim etdi.
Umumiy tavsiyalar
Tush chyotkasi, daraxt shoxi yoki tirnoq kutilmaganda ko‘zga jarohat yetkazishi mumkin, bunda kuchli achishish va noqulaylikni his qilishingiz yoki jarohat yengil bo‘lsa, hech narsani sezmasligingiz mumkin. Shuning uchun buning oldini olish va mutaxassisga ko‘ringan yaxshi. Shifokor infeksiya rivojlanmasligi va chandiq hosil bo‘lmasligi uchun tomchi yoki maz yozib beradi.
Agar ko‘zga biror narsa tushsa, uni ishqalay ko‘rmang. Predmet ko‘zning shilliq qavatini shilishi va jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yuvilmagan qo‘l bilan ko‘zingizga tega ko‘rmang. Ko‘zning shilliq qavatini iflos suv bilan yuvmang. Pintset, tish tozalagich va boshqa qattiq jismlarni qo‘llamang: ular nozik to‘qimalarga jarohat yetkazishi mumkin.
Ko‘zning yuzasiga zarar yetkazgan obektni olib tashlashga urinmang. Bunday vaziyatda darhol shifokorga ko‘rinish zarur.
Ko‘zlaringizda kontakt linzalar bo‘lsa, ularni yuvmang. Avval linzalarni olib tashlang.
Ko‘zga kimyoviy faol modda tushsa, nima qilish kerak?
Qo‘llaringizni yaxshilab yuving. Ularda sovun yoki ko‘zga tushgan moddaning izi qolmaganiga ishonch hosil qiling.
Linzalarni olib tashlang, chunki linza ko‘zga tushgan moddani o‘ziga tortib olgan va ko‘z sathiga ziyon yetkazgan bo‘lishi mumkin.
Ko‘zlaringizni 15-30 daqiqa davomida suv bilan yuving. Agar shunda ham noqulaylik hissi ketmasa, shifokorga boring. Har ehtimolga qarshi, o‘zingiz bilan ko‘zingizga tushgan modda namunasini oling.
Agar kon'yunktivga yelim tushgan bo‘lsa, uni mustaqil ravishda olishga urinmang: bu ish bilan faqat oftalmolog shug‘ullanishi kerak. Ko‘zingizni yuvib, ko‘z shifokoriga ko‘rining.
Ko‘zga g‘ayritabiiy tana tushsa, nima qilish kerak?

















