Reuters: AQSh H-1B vizasidan voz kechishi mumkin
AQSh prezidenti xorijliklarga ishchi vizalarni berish tartibiga o‘zgartirishlar kirituvchi farmonni imzolaydi. «Amerika mahsulotini xarid qil, amerikaliklarni yolla» nomli hujjat davlat xaridlari va boshqa mamlakatlar bilan savdo munosabatlariga ham doir bo‘ladi. Bu haqda Reuters agentligi Tramp ma'muriyatidagi manbalariga asoslanib xabar qilmoqda.
Farmon xorijiy ishchilar tomonidan mehnat vizalarini olish qoidalariga qat'iy tus berishi kerak. Bu choralar «amerikaliklarning maoshini oshirish va ularning bandlik darajasini ko‘tarish» maqsadida amalga oshirilmoqda. Hujjat Mehnat va xavfsizlik vazirligini migratsiya siyosatini bajarish hamda qonunchilikdagi nuqsonlarni bartaraf etishga imkon beradi.
Qayd etilishicha, o‘zgarishlar birinchi galda H-1B viza dasturida ko‘zga tashlanadi. Xorijdagi yuqori malakali ishchilar va olimlar aynan ushbu viza orqali Amerikada ishlash huquqiga ega bo‘lishar edi. Oq uy ma'muriyati, shuningdek, vizalarni taqdim etishda lotereya tizimidan voz kechish niyatida.
Reuters agentligining qo‘shimcha qilishicha, birgina Facebook kompaniyasi xodimlarining 15 foizi shunday viza sohiblari hisoblanishadi. Tramp ma'muriyatining ishonch bildirishicha, kompaniyalar H-1B vizasidan malakasi pastroq ishchilarni yollash hamda ularga kamroq ish haqi to‘lashda foydalanmoqda.
Bundan tashqari, boshqa davlatlar AQShda yirik davlat shartnomalariga ega bo‘lganlari holda AQSh o‘sha mamlakatlarda shartnomalarga kamroq egalik qilsa ham kompaniyalar hamkorlikdan voz kechishlari mumkin
Mavzuga oid
10:43
Qirg‘iziston ayrim Ko‘rfaz davlatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
10:06
O‘zbekiston va Makao o‘rtasida vizasiz tartib o‘rnatish masalasi muhokama qilinmoqda
18:33 / 26.12.2024
«Uyda yolg‘iz» filmidagi mashhur uy sotib yuborildi
16:03 / 26.12.2024