Sport | 12:11 / 19.04.2017
7889
2 daqiqa o‘qiladi

Ramos Pikega jamoasining «PSJ» bilan o‘yinini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi

«Real» jamoasi himoyachisi Serxio Ramos YeChLning chorak finalida «Bavariya»ga qarshi kechgan va 4:2 hisobidagi g‘alaba qayd etilgan uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Madridliklar ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra ustun kelib, yarim finalga chiqdi.

«Final haqida gapirishga hali erta - biz faqat yarim finalga chiqdik. Biz «Bavariya»ni - eng kuchli raqobatchilarimizdan birini chiqarib yuborganimizdan xursandmiz.

Chempionlar ligasida 100ta o‘yin o‘tkazish - chiroyli raqam. Umid qilamanki, «Real»da hali ko‘p yillar o‘ynayman.

Pikening reaksiyasi? U avval «PSJ» bilan o‘yinni qayta tomosha qilsin. Balki, shunda u hakamlar haqida fikrini o‘zgartirar? Keling, «Barselona»ning «Yuventus» bilan javob uchrashuvini tomosha qilamiz va nima bo‘lishini kuzatamiz. Ammo men videotakrorlarga qarshi emasman», - deya Ramosning so‘zlarini keltirgan Marca.

Bundan oldinroq «Barselona» himoyachisi Xerard Pike «Real» — «Bavariya» uchrashuvidagi hakamning harakatlaridan noroziligini tvitterda uch nuqta qo‘yish orqali ifodalagani xabar qilingandi.

Chempionlar ligasining nimchorak finali doirasida «Barselona» va «PSJ» jamoalari o‘rtasida kechgan javob uchrashuvi kataloniyaliklarning 6:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. Jamoalarning Parijda kechgan birinchi uchrashuvida esa mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi qayd etilgandi. Javob uchrashvidan keyin ko‘pchilik ushbu uchrashuvda harakat qilgan hakamlar brigadasiga noroziliklarini bildirgandi.

Mavzuga oid