Light | 21:22 / 20.04.2017
33298
3 daqiqa o‘qiladi

Time versiyasi: Dunyoning eng nufuzli 100 kishisi

Time jurnali dunyoning eng nufuzli 100 kishisi reytingini taqdim etdi. Jurnal ro‘yxatni bir necha turkumga ajratdi - "Titanlar", "Novatorlar", "San'at arboblari", "Yetakchilar" va "Kumirlar".

"Yetakchilar" qatorida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Donald Tramp, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte, Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos, WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanj, XXR raisi Si Tszinpin, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geytsning ayoli Melinda Geyts, Rim papasi Frantsisk, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Eron generali Qosim Sulaymon, Oq uy ma'muriyati rahbari Rayns Pribus, AQSh prezidentining strategik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Stiven Bennon, Amerika senatidagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis, Federal razvedka xizmati direktori Jyeyms Komi va boshqa siyosatchilar nomlari qayd etilgan. 

Time "Titanlar" ro‘yxatiga ishbilarmonlar Deniel Ek va Evan Shpigel, Amerika Federal rezerv tizimi rahbari Jannet Yyellen, basketbolchi Lebron Jyeyms va Amazon.com onlayn-do‘koni asoschisi Jyeff Bezos kabilarni kiritgan. 

"Novatorlar" turkumidan AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner, amerikalik aktrisa Konstans Vu va boshqalar o‘rin olgan.

"San'at arboblari" orasida jurnal qo‘shiqchi Alisha Kiz, ssenariynavis Barri Jyenkins, aktrisa va qo‘shiqchi Demi Lovato, qo‘shiqchi Ed Shiran, aktrisa Emma Stoun va boshqalar nomi keltirilgan.

"Kumirlar" qatorida yozuvchi Margaret Etvud, Amerika futboli o‘yinchisi Kolin Kapernik va "Oq dubulg‘alar" tashkiloti yetakchisi Rayyod As-Solih nomlarini ko‘rish mumkin.

Mavzuga oid