O‘zbekiston | 12:13 / 20.04.2017
26380
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ikkita tijorat bankiga yangi rais tayinlandi

2017 yil 8 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 195-son qaroriga muvofiq Mullajanov Kaxramon Kadirovich "Asaka" aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv Raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida ma'lum qilindi.

Shuningdek, 2017 yil 12 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 202-son qaroriga muvofiq Alimov Navro‘zjon Raimdjanovich - «O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv Raisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy milliy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisiga yangi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar bergandik

 

Mavzuga oid