15:03 / 21.04.2017
8122

Lukashenko: “Tramp ma'muriyati xatti-harakati xavotirli”

Foto: RIA "Novosti"

AQSh yangi prezidenti Donald Tramp xatti-harakatlari xavotirli. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko juma kuni xalq va parlamentga murojaati vaqtida aytib o‘tdi.

"Qo‘shma Shtatlar yangi ma'muriyatining tashqi siyosati o‘ziga xos jihatlari tobora aniq-ravshan ko‘rinmoqda. Suriyadagi so‘nggi hodisalar, Koreya yarim orolidagi vaziyatning keskinlashishi Vashington o‘z xohish-istaklarini butun dunyoga o‘tkazishga harakat qilishi bilan bog‘liq xavotirli vaziyatni keltirib chiqarmoqda", - dedi Lukashenko.

"Umid qilamanki, barcha geosiyosiy o‘yinchilarning xatti-harakati aql bilan amalga oshiriladi", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Koreya yarim orolidagi vaziyat so‘nggi oylarda ancha keskinlashdi. Bunga KXDRning qator raketa sinovlari va ehtimoliy yadro sinovi haqidagi mish-mishlar sabab bo‘ldi. AQSh Shimoliy Koreyaga qarshi harbiy harakatlar ehtimoli istisno etilmasligi haqida ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Top