08:18 / 23.04.2017
9492

"Titanik" styuardessasining po‘stini 232 ming dollarga sotildi

1912 yilda falokatga uchragan "Titanik" bortida ishlagan styuardessa Meybl Bennettga tegishli po‘stin (shuba) "Titanik" xotirasiga bag‘ishlangan auksionda 181 ming funt sterlingga (232 ming dollarga) sotildi. Bu auksion Britaniyada Henry Aldridge&Son tomonidan tashkil etildi.  

Avvalroq mutaxassislar po‘stin auksionda 80 ming funt sterlingga (102 ming dollar) sotilishi mumkinligini aytishgandi.  

Bennett kemaga qutqaruv qayiqlari yetib kelganda ushbu po‘stinni tungi ko‘ylagi ustidan tashlab olgan. 

Mash'um kemaning birinchi sinfida ishlagan styuardessa bu po‘stinni shuningdek "Titanik"ning omon qolgan yo‘lovchilarini Britaniyaga yetkazgan Red Star Line SS Lapland kemasida ham kiyib yurgan.

Bennett oilasi bu po‘stinni 1999 yilda sotib yuborgach, u AQShdagi muzeyda saqlanib kelinayotgandi.

Mavzuga oid
Top