Avstraliya bosh vaziri Iroq va Afg‘onistonga tashrif buyurdi
Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull Iroq va Afg‘onistonga e'lon qilinmagan safarni amalga oshirdi. U bu davlatlar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.
Ta'kidlanishicha, Avstraliya hukumati raisi Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashgan.
Bundan tashqari, Ternbull bu vaqtda Kobulda bo‘lgan AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis bilan ham muzokaralar o‘tkazgan.
Ta'kidlanishicha, Ternbull uchrashuvlarda Avstraliyaning terrorchilikka qarshi kurash hamda AQSh va NATOdan hamkorlari bilan birgalikda ishlashga sodiqligini tasdiqlagan.
Avvalroq Mettis Kobulga e'lon qilinmagan safar bilan kelgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
11:55 / 26.12.2024
Avstraliyada maktab bitiruvchilariga atom suvosti kemasidan ish taklif qilinmoqda
17:13 / 25.12.2024
O‘zbekiston Afg‘oniston aholisiga insonparvarlik yordami va «Salomatlik» poyezdini jo‘natdi
17:10 / 25.12.2024
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
21:05 / 24.12.2024