15:36 / 25.04.2017
23020

G‘oibnazarov navbatdagi jangni qachon va qayerda o‘tkazishi ma'lum

Professional boksdagi faoliyatini muvaffaqiyat bilan boshlagan Fazliddin G‘oibnazarov 20 may kuni ikkinchi bor ringga ko‘tariladi. Bokschining murabbiyi Abror Tursunpo‘latov uning navbatdagi jangi qayerda o‘tkazilishi haqida ham ma'lumot bergan.

Fazliddin G‘oibnazarov Nyu-York shahrida Madison square garden arenasida ringga ko‘tariladi.

Hozircha G‘oibnazarovning raqibi aynan kim bo‘lishi ma'lum emas. Raqib nomi bir haftadan keyin ma'lum bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, G‘oibnazarov professional boksdagi ilk jangini 23 aprel kuni Kaliforniya shtatidagi StubHub Center arenasida o‘tkazib, amerikalik Viktor Vaskesni ikkinchi raunddayoq taslim qilgandi.

Ma'lumot uchun, Nyu-Yorkdagi boks oqshomining markaziy jangi amerikalik ikki yo‘nalish chempioni Terens Krouford ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Yangi libos, ilk g‘alaba va kelgusi rejalar haqida. Amerikadan intervyu

Top