Yangi libos, ilk g‘alaba va kelgusi rejalar haqida. Amerikadan intervyu

Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi ilk jangini o‘tkazdi va raqibini nokautga uchratdi. U Amerikada turib, «Kun.uz» uchun maxsus intervyu berdi.
O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi AQShning Kaliforniya shtatida mahalliy bokschi Viktor Vaskesga qarshi ringga ko‘tarildi va ikkinchi raundda nokaut bilan g‘alaba qayd etdi.
Video: Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi ilk jangida raqibini nokaut qildi
«Kayfiyat hozir yaxshi. Lekin jang vaqtida zarba tegmasa ham referi menga qarshi hisob ochib yuborganida xafa bo‘ldim. Bu vaqtda qoqilib yiqilib tushgandim. Lekin keyin hammasi joyiga tushdi. Endi kayfiyat yaxshi. Birinchi jang yaxshi o‘tdi, hammasi kutilganidek bo‘ldi.
Maxsus libos haqida gapiradigan bo‘lsam, bu amerikaliklar g‘oyasi. Bayrog‘imiz aks etgan libosni tayyorlashni men buyurtma qilganim yo‘q. Men vatanparvarlik ruhi aks etadigan libos so‘ragandim. Ular o‘zlari bilib shunday chiroyli libos tikishdi. Xo‘jayin ham hammaning oldida bu libosni maqtadi. U bunaqa chiroyli forma va qo‘lqop ko‘rmaganini aytdi.
O‘zimga ham juda ma'qul keldi. Kimgadir yoqmasligi ham mumkin. Kimdir O‘zbekiston bayrog‘ini ishlatibdi deyishi ham mumkin. Odamlar gapiraveradi.
Lekin biz hech qachon O‘zbekiston bayrog‘ini behurmat qilmaganmiz. Axir bayrog‘imizni eslatib turadigan libos bo‘ldi», deydi sportchi.
U bu yutuq bilan to‘xtab qolmasligini ta'kidlagan.
«Bu hali endi boshlanishiku. Yoshligimda Mayk Taysonning bir gapini eshitgandim. U ham faoliyatidagi ilk janglardan birida tezkor g‘alaba qozongandi. Shunda u shunday intervyu bergandi: Shu yerdan chiqaman va ertalabdan mashg‘ulot zaliga borib, shug‘ullanishni davom ettiraman.
Menda ham shunday. Endi keyingi jangimga tayyorgarlik ko‘raman. Hali qaytish niyatida emasman. Chunki, maqsad bilan keldim. Jahon chempioni bo‘lish maqsadi bilan. Chempionlik kamarini qo‘lga kiritib, vatanga qaytishni istayman», deya so‘zlarini yakunladi G‘oibnazarov.
Fazliddin G‘oibnazarov 2015 yilgi mavsum havaskor bokschilar o‘rtasida avvaliga Osiyo, keyin esa Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lib, 2016 yil Olimpiada chempioniga aylangandi. Endilikda uning professional ringlardagi starti ham muvaffaqiyatli chiqdi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi
Jamiyat | 09:41
-
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi
Jahon | 09:39
-
Germaniya kansleri Rossiyaga qarshi yangi qattiq sanksiyalarni istisno etmadi
Jahon | 09:15
-
Tramp: Rubio Turkiyadagi Rossiya-Ukraina muzokaralarida ishtirok etadi
Jahon | 09:05
Mavzuga oid

04:22 / 14.08.2022
Boks. Zoirov 20-soniyadayoq raqibini nokautga uchratdi, G‘oibnazarovga 38 soniya yetarli bo‘ldi

21:18 / 18.03.2022
Bahodir Jalolov professional boksdagi 10-g‘alabasiga erishdi

23:22 / 17.12.2021
Toshkentdagi professional boks kechasida O‘zbekistonning 7 vakili ham g‘alaba qozondi - Madrimov raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi

20:26 / 05.12.2020