13:03 / 11.05.2017
22648

Saudiya kompaniyasi Ronalduni 4 soatga ijaraga olmoqchi

Istalgan inson «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan birga vaqt o‘tkazishi mumkin. Buning uchun juda katta pulni to‘lash kerak, hamda «Oltin to‘p» sohibi bilan to‘rt soat muloqot qilish imkoni yaratiladi. Bu haqda Mirror The Dirty Business kitobiga asosan xabar berdi.

Futbolchini to‘rt soatga ijaraga olish uchun 920 ming funt sterling to‘lash lozim. Saudiya Arabistonidan bo‘lgan va nomi oshkor etilmayotgan kompaniya ushbu xizmatdan foydalanishga rozi bo‘lgan.

Kompaniya vakillari bu pullar evaziga portugaliyalik bilan to‘rt soat birga bo‘lishlari, ijtimoiy tarmoqlarda ikkita izoh qoldirishlari, Ronaldu dastxati bo‘lgan beshta futbolkani olishlari va fotosessiyada ishtirok etishlari mumkin.

Bundan tashqari, firmaga uning tasviridan bir kun mobaynida mintaqaviy reklama maqsadida foydalanishga ruxsat berilgan.

Top