12:46 / 17.05.2017
10467

«Real» «Bavariya» futbolchisini nishonga oldi

Foto: Kicker

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Myunxenning «Bavariya» jamoasi himoyachisi Jyerom Boatengga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Kicker xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Germaniya terma jamoasiga nomzod ushbu futbolchi mavsum yakunida jamoani tark etadigan Pepega o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda. Boateng uchun ispanlar jamoasi 40 mln yevro to‘lashga tayyor.

Avvalroq Boateng «Bavariya»da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani tufayli norozi ekani va o‘zining jamoadagi istiqbolini Karlo Anchelotti bilan muhokama qilmoqchiligi haqida xabarlar berilgandi. U Bundesliganing joriy mavsumida jarohati tufayli atigi 12 uchrashuvda maydonga tusha oldi. Boatengga ayni vaqtda «Roma» ham qiziqish bildirmoqda.

Top