Fransiyaning yangi hukumati tarkibi ma'lum qilindi
Fransiyaning yangi bosh vaziri etib tayinlangan Eduar Filipp tomondan shakllantirilgan mamlakatning yangi hukumati tarkibi Parijda e'lon qilindi. Vazirlar ro‘yxatini Yelisey saroyi bosh kotibi Aleksi Koler ma'lum qildi.
Vazirlar mahkamasining yangi tarkibidan 22 kishi joy oldi: 18 vazir va 4 nafar davlat kotibi. Ulardan 11 nafari erkak va 11 nafari ayolni tashkil qiladi. Ulardan 3 nafari davlat vaziri maxsus maqomini olishdi. Bular Lion meri, Sotsialistik partiya safidan bo‘lgan nufuzli siyosatchilardan biri Jyerar Kolon, u ichki ishlar vaziri etib tayinlandi; fransuz "yashillari"ning ko‘p yillik yetakchisi Nikolya Yulo, u ekologik o‘tish vaziri lavozimini oldi; "Demokratik harakat" yetakchisi Fransua Bayru, u adliya vaziri lavozimini oldi.
Avvalgi hukumatdan yangi hukumatga o‘tgan yagona vakil Jan-Iv Le Drian – sobiq prezident Fransua Ollandning yaqin safdoshlaridan biri bo‘ldi. Yangi hukumatda u Yevropa va xorijiy ishlar vaziri lavozimini oldi.
Fransiya mudofaa vaziri lavozimini esa Le Drian o‘rniga Silvi Gular egalladi. U 2007 yildan beri bu lavozimni egallayotgan ilk ayol bo‘ldi. Shu bilan birga mudofaa vazirligi nomi ham o‘zgardi, endi u qurolli kuchlar vazirligi deb ataladi.
Fransiya iqtisodiyot vaziri lavozimi Bryuno Le Merga nasib qildi. Mehnat vaziri etib partiyasiz Myuriel Peniko tayinlandi.
Fransiyaning yangi hukumati 7 mayda o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin shakllantirildi. 15 may kuni Fransiyaning yangi prezidenti Emmanyuel Makron yangi bosh vazir etib Gavr shahri meri Eduar Filippni tayinladi va unga 16 maygacha vazirlar mahkamasini shakllantirish vazifasini topshirdi.
Yangi vazirlar mahkamasi bir oydan sal ko‘proq, Milliy yig‘ilishga (parlamentning quyi palatasi) saylovlar o‘tguncha ishlaydi. Bu saylovlar 11 va 18 iyun kunlari o‘tadi va uning natijalariga ko‘ra, yangi hukumat iste'foga ketkaziladi.
Agar Fransiya parlamentiga saylovlarda Makron bloki yutsa, unda yangi hukumat iste'foga ketgandan keyin yana avvalgi tarkibda yig‘iladi.
Mavzuga oid
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
22:17 / 16.12.2024
Koreya va Fransiyadagi mojarolar: Demokratiyalardagi inqirozlar demokratiyani sozlaydi
17:17 / 13.12.2024