Liviya janubida aviabaza uchun janglarda kamida 60 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi harbiy va tibbiy manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Birak shahrida joylashgan aerodrom 18 may kuni Uchinchi kuch deb ataluvchi kuchlar otryadlari tomonidan hujumga uchragan. Ular bazani og‘ir artilleriya va yoppasiga o‘t ochish tizimlari bilan o‘qqa tutishgan. Hududni nazorat qilayotgan Liviya milliy armiyasi jangchilari hujumni qaytarishga muvaffaq bo‘lishgan.
Tibbiy xodimlarning ma'lum qilishicha, to‘qnashuvlardan keyin Birak shifoxonasiga 60 kishi jasadi yetkazilgan. Qurbonlar orasida harbiylar bilan bir qatorda oddiy fuqarolar ham bo‘lgan. Shu bilan birga armiyaning 12-brigadasi vakili hujum 86 kishining halok bo‘lishiga olib kelgan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgan.











