O‘zbekiston | 19:20 / 23.05.2017
18728
2 daqiqa o‘qiladi

«Buxoro-1» temir yo‘l vokzalida antiterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23 may kuni «Buxoro-1» temir yo‘l vokzalida viloyat hududidagi huquq-tartibot idoralarining o‘quv taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu transport obekti bekorga tanlanmadi, sababi transport vositalari xavfsiz harakatlanishini ta'minlash va temir yo‘l vokzalini terrorchilik aktlarini qaytarishga doimiy ravishda tayyor turishi tegishli xizmatlarning ustuvor vazifasi hisoblanadi. 

Mashqlarda FVV, IIV, MV, boshqa kuch tuzilmalari bo‘linmalari xodimlari, shuningdek, Buxoro viloyati hokimiyati vakillari ishtirok etdi. Mashqlar davomida huquq-tartibot va qutqaruv xizmatlarining favqulodda vaziyatlardagi harakati ishlab chiqildi hamda tayyogarlik darajasi tekshirildi, bunda yong‘in xavfsizligi va tibbiy yordam xizmatlari ham qamrab olindi.

Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, huquq-tartibot xodimlariga temir yo‘l vokzali yo‘lovchilari xavfsizligini ta'minlashi va vagonlardan birini egallab olgan shartli terrorchilarni zararsizlantirishi talab etildi. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari bo‘linmalari belgilangan vazifalarni bajarishdi yuqori professionallik va qat'iyat ko‘rsatishdi, qurollangan jangarilarni zararsizlantirishda tezkor harakat qilishdi.

Mashqlar barcha qamrab olingan tuzilmalarning yuqori mobilligi, voqea joyiga o‘z vaqtida yetib kelgan avariyaviy-qutqaruv brigadalari harakatining o‘zaro uyg‘unligini ko‘rsatib berdi. Qutqaruvchilar jabrlanganlarni evakuatsiya qilishdi va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdi.

O‘tkazilgan maxsus amaliyot yakunida qayd etilishicha, mashqlar yuqori darajada o‘tkazilgan, qo‘yilgan vazifalar esa to‘la hajmda bajarilgan.

Mavzuga oid