Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manchesterda terakt bo‘yicha ilk gumonlanuvchi qo‘lga olindi (foto)
Manchester politsiyasi Arndale Centre savdo markazida o‘tkazilgan reyd vaqtida 23 yoshli yigitni qo‘lga oldi. Ushbu hududda biroz oldinroq «qattiq tovush» chiqqach, evakuatsiya ishlari o‘tkazilgandi.
Qo‘lga olingan shaxs stadiondagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, ammo uning aloqadorligi hozircha aniqlanmagan.

Ayni vaqtda savdo markazi joylashgan Chorlton va Eshton tumanlari hududidagi ko‘chalar yopib qo‘yilgan.
Bundan oldinroq mamlakat bosh vaziri Tereza Mey terakt ijrochisining shaxsi aniqlangani haqida ma'lumot bergandi.
Manchesterdagi portlash amerikalik pop-qo‘shiqchi Ariana Grandening konsertidan so‘ng, 23 mayga o‘tar kechasi yuz berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Manchester Arena stadionidagi portlashda 22 kishi halok bo‘ldi va 59 kishi jabrlandi. Bu Buyuk Britaniya hududida 2005 yildan buyon o‘tgan vaqt ichida sodir etilgan eng yirik teraktdir.
Mavzuga oid
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025
Avstraliya bosh vaziri qurol bo‘yicha qonunlarni qat’iylashtirmoqchi
11:29 / 15.12.2025
Sidneyda o‘t ochganlardan birining qurolini olib qo‘ygan kishi qahramonga aylandi. Uni Tramp ham maqtadi
15:05 / 25.11.2025