Buyuk Britaniya Boş vaziri Tereza Mey politsiya Mançesterdagi terakt ijroçisi şaxsi haqida ma'lumotga ega ekanini ma'lum qildi.

BBC News telekanali xabariga köra, boş vazir bu haqda COBRA favqulodda qömitasi yiğilişidan keyin ötkazilgan matbuot anjumani vaqtida ma'lum qilgan.

Mey xonimning sözlariga köra, portlaş bir kişi tomonidan sodir etilgan, u qurbonlar köproq bölişi uçun portlaş joyi va vaqtini özi tanlagan.

U terrorçining şaxsini ma'lum qilmagan. Hukumat rahbari kunning ikkinçi yarmida yana brifing ötkazilişini va yangi ma'lumotlar berilişini ma'lum qilgan.

U britaniyaliklarni uşbu terakt böyiça tekşiruv olib borayotgan politsiya xodimlariga yordam berişga, mavjud ma'lumotlarni taqdim etişga çaqirgan.

Mançesterdagi portlaş amerikalik pop-qöşiqçi Ariana Grandening konsertidan söng, 23 mayga ötar keçasi yuz berdi. Sönggi ma'lumotlarga köra, Manchester Arena stadionidagi portlaşda 22 kişi halok böldi va 59 kişi jabrlandi. Bu Buyuk Britaniya hududida 2005 yildan buyon ötgan vaqt içida sodir etilgan eng yirik teraktdir.

2005 yilning 7 iyulida Londonda xudkuş terrorçilar 4ta portlaşni amalga oşirgandi — avvaliga metropolitenning uçta poyezdi hujumga uçragan, köp ötmasdan Tavistok-skver maydonidagi şahar avtobusi portlatib yuborilgandi. Natijada 52 kişi halok bölib, 700dan ortiq kişi jarohatlangandi.

Xudkuşlarning barçasi Birlaşgan Qirollik fuqarolari bölgan, ularning uç nafari Buyuk Britaniyada ulğayib, şu yerda ta'lim olgan.

Teraktlar tekşiruvi natijalariga köra, heç kim sudlanmadi. 2009 yil aprelida maslahatçilar sudi jinoyat taşkilotçilarining şeriklari deb gumon qilinayotgan uç kişini oqladi.