O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi uchun to‘lov qilishning yangi tartibi joriy etilmoqda
2017 yil 19 mayda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Farmon matni O‘zA saytida e'lon qilindi.
O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi uchun to‘lov qilishning yangi tartibi joriy etilmoqda
- iste'molchilar – jismoniy shaxslar har oyning 10 sanasiga qadar o‘tgan oyda iste'mol qilingan energiya resurslari uchun to‘liq hisob-kitob qilishlari shart;
- ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin qarzdorlik mavjud bo‘lganda, iste'molchi — jismoniy shaxslar belgilangan tartibda elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan majburiy uziladi;
- mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilganlardan tashqari, iste'molchilarga energiya resurslarini yetkazib berish 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Oldindan haq to‘lanmagan hollarda mazkur iste'molchilarga nisbatan elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi;
- elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda iste'molchi — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida, iste'molchi — yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida to‘lov qayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisobiga mablag‘larni o‘tkazish orqali undiriladi;
- iste'molchi energiya resurslari iste'molini hisobga olish uskunalarining lozim darajada ekspluatatsiya qilinishi va sozligi uchun javobgar bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro‘yxati har yili tasdiqlanadigan, yuqori likvidli va (yoki) eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi alohida toifadagi iste'molchilarga energiya resurslarini sotish eksport narxidan past bo‘lmagan bozor narxlarida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024