16:55 / 01.06.2017
7503

Sirdaryolik kam ta'minlangan oilalarga moddiy ko‘mak berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatning turli hududlarida yashovchi kam ta'minlangan oilalarga ma'naviy va moddiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Bu kabi chora-tadbirlar keng ko‘lamda olib borilmoqda.

Ana shunday xayrli ishlardan biri Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Viloyatdagi 1-3 iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan muhtoj fuqarolar va kam ta'minlangan oilalarga Prezident topshirig‘iga binoan beg‘araz asosda 60 dan ziyod nogironlar aravachasi hamda 100ta tikuv mashinasi topshiriladi.

Bundan avval ana shunday dastlabki tadbir 27 may kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida bo‘lib o‘tgan edi.

Mavzuga oid
Top