Özbekistonda yaşovçi kam ta'minlangan oilalarga körsatilayotgan ma'naviy va moddiy yordam bugungi kunga kelib keng kölamda olib borilmoqda. Uşbu oilalarning moddiy holatini yaxşilaş, ularni kiçik biznes va tadbirkorlik bilan şuğullanişlari uçun Prezident taşabbusi bilan turli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Jumladan, joylarda kam ta'minlangan, ayniqsa, nogiron va mehnatga layoqatlilik darajasi çeklangan fuqarolarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş va ularning iş bilan bandligini ta'minlaş maqsadida Prezident Şavkat Mirziyoyevning şaxsan bergan topşiriği asosida barça hududlarda aholining mazkur qatlamiga beğaraz asosda tikuv maşinalari va matolar topşirilmoqda. 

Ana şunday dastlabki tadbir 27 may kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida bölib ötdi.