14:10 / 02.06.2017
21037

Usmonov Navalniy bilan suddagi dalillar haqida gapirib berdi

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning matbuot xizmati muxolifatchi Aleksey Navalniy bilan sudda taqdim etilgan dalillar haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Gazeta.ru xabar tarqatdi.

«Sud jarayoni va undagi Navalniy tomonining xatti-harakati haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, uni populistik obstruktsiya sifatida baholash mumkin. Janob Navalniy va uning huquqshunoslari o‘z dalil-isbotlarini tayyorlash haqida bosh qotirishmagan», - deya xabar berishgan matbuot xizmatida.

Sudda Usmonovning sudlangani yuzasidan O‘zbekiston Oliy sudi va Bosh prokuraturasidan xatlar hamda Tushino tuman sudining 2011 yilda shunga o‘xshash or-nomus va qadr-qimmatni himoya qilish bo‘yicha ish yuzasidan qarori taqdim etildi.

Znamenskoye qishlog‘idagi uyni Sotsgosproyekt jamg‘armasiga o‘tkazish bo‘yicha Sotsgosproyekt va Ist-Invest Guruhiga yuborilgan advokatlik murojaatlari, ularning javobi ham taqdim etildi. Matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, Navalniy tomonidan hech qayerga hech qanday murojaat yuborilmagan, pora holati haqida hech qanday dalillar berilmagan.

Usmonov vakillarining aytishicha, 2003 yildan beri 12,5 mlrd rubllik soliqlar to‘langan hamda sudda federal soliq xizmatidan tegishli ma'lumotnoma ham taqdim etildi.

Usmonovning davlat aktivlarining xususiylashtirishi borasida aytilishicha, Lebedinsk TKK, OEMK va Mixaylovsk TKKning aksiyalari asosiy to‘plamlari 2004 va 2006 yillarda xususiy shaxslardan yuqori bozor narxida sotib olingan.

«Janob Usmonov o‘zining mediaaktivlarida hech qanday senzurani «o‘rnatmagan». «Vlast» jurnalining sobiq muharriri Maksim Kovalskiy nashrni tomonlar o‘zaro kelishuviga asosan tark etgan. Shu bilan birga, u bugungi kunda yana Kommersant NUda ishlamoqda. Janob Navalniy tomonidan Usmonov «senzura o‘rnatayotgani» haqida hech qanday dalillar keltirilmadi», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni Moskvaning Lyublino tumani sudi «Korrupsiyaga qarshi kurash fondi» rahbari Aleksey Navalniyga milliarder Alisher Usmonov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga pora bergani haqidagi rolikni o‘chirish majburiyatini yukladi

Top