Jahon | 08:13 / 05.06.2017
5449
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston sharqida bir kun ichida 22 jangari yo‘q qilindi

Foto: AP Photo / Massoud Hossaini

Afg‘onistonning sharqidagi Nangarhor viloyatida joylashgan Achin uyezdida xavfsizlik kuchlari tomondan o‘tkazilgan operatsiya davomida bir kun ichida IShIDni qo‘llab-quvvatlovchi 22 jangari yo‘q qilindi. Bu haqda viloyat hukumati matbuot kotibi Oyatulloh Xo‘jayniy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘q qilingan jangarilar orasida 2 nafar dala qo‘mondoni ham bo‘lgan. Hukumat kuchlari tomondan yo‘qotishlar haqida ma'lumot keltirilmagan.
 
Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, oxirgi vaqt Afg‘onistonning shimoliy va janubiy viloyatlari – Lohar, Nangarhor, Gilmendda hamda shimoliy viloyatlari – Qunduz, Jauzjon va Parvonada jangarilar o‘z pozitsiyalarini ancha mustahkamlashgani kuzatilmoqda. Borgan sari "Tolibon" harakatining ko‘proq jangarilari va dala qo‘mondonlari IShIDga sodiqlikka qasamyod keltirmoqda.

Mavzuga oid