Rustam Azimov hukumatdan ketdi

Foto: "Kun"
O‘zbekiston hukumati iqtisodiy kompleksida yana o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Manbalarning xabarlariga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksi rahbari Rustam Azimov lavozimni tark etgan.
«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov tayinlangan.
Rustam Azimov o‘tgan yilning dekabrida Moliya vaziri va bosh vazirning birinchi o‘rinbosarligidan ketgandi. Uning vazirlikdagi o‘rnini Botir Xo‘jayev Asadillayevich egallagan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbari Ochilboy Ramatov Jumaniyozovich esa bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga aylangandi.
Rustam Azimov 1991-1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi sifatida ishlagan, 1998-2000 — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
2000 yildan 2002 yilgacha u O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri, 2000-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri bo‘lib ishlagan. 2003-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri. 2005-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri. 2008 yil 22 noyabrdan 2016 yil dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari. 2016 yil 15 dekabrdan Bosh vazir o‘rinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari.
Ayni vaqtda uning keyingi ish faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afrikadagi vagnerchilar kannibalizmda ayblanmoqda
Jahon | 18:39
-
Vengriya va Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi qabul qilinishini blokladi
Jahon | 18:02
-
Toshkent aeroportida kapsula mehmonxona ochildi
Jamiyat | 17:55
-
“Tartibsizlik yo‘lidagi yangi qadam” - AQShning Eronga zarbasiga dunyo davlatlari va siyosatchilar qanday reaksiya bildirdi?
Jahon | 17:48
Mavzuga oid

20:43 / 10.06.2025
Rustam Azimov: “Kichik va o‘rta biznesga ko‘mak beradigan qadamlar dolzarb bo‘lib turibdi”

09:02 / 04.06.2025
Jamshid Qo‘chqorov – energotariflar oshishi, iqtisodiy o‘sish va tashqi qarzlar haqida

19:28 / 18.12.2024
Toshkentda issiqlik ta’minoti narxlari 2 yilda 4 marta oshiriladi. Lekin bu ham yetarli emasligi aytilmoqda

14:14 / 18.12.2024