Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Sodiqoviç Azimov öz lavozimini tark etgan. Bu haqda vaziyatdan xabardor bir neça manbalar ma'lumot berdi.

Uning örnini şu paytgaça Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan, «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Kengaşi raisi Xöjayev Botir Asadillayeviç egallagan.

Botir Xöjayev 1956 yilda Toşkentda tuğilgan, 1979 yilda Toşkent temir yöl transporti muhandislari institutini tamomlagan.

Botir Xöjayev 1992—1994 yillarda Toşkent şahar Çilonzor tumani hokimining birinçi örinbosari, 1994—1996 yillarda — Toşkent şahar hokimi örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

U 1996–1997 yillarda Davlat mulk qömitasi raisining birinçi örinbosari, 1997–1998 yillarda — Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği örinbosari – Makroiqtisodiy rivojlaniş tahlili va strategiyasi bölimi boşliği, 1998–2000 yillarda — Davlat soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari vazifalarida mehnat qilgan.

2000-2002 yillarda Özbekiston Respublikasi Davlat Soliq qömitasi raisi lavozimida işlagan. 2002–2004 yillarda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği, 2004–2005 yillarda Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yiğma axborot-tahlil departamenti mudiri, 2005–2006 yillarda Özbekiston Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari böyiça Davlat maslahatçisi bölgan.

2006 yilning 11 aprelidan 2009 yilning 9 iyuliga qadar Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri bölgan. 2009 yildan 2011 yilgaça Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari - Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisi, Kommunal soha, transport, kapital quriliş va quriliş industriyasi masalalari kompleksi rahbari. 2011 yilning 1 noyabridan esa Iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari — Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valyuta balansi va Respublika investitsiya dasturlari masalalari böyiça Iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari.

«Özbekneftgaz» MXK aksiyadorlik jamiyatining boşqaruvçilar kengaşi a'zosi.

Ayni vaqtda Rustam Azimovning keyingi faoliyati haqida aniq ma'lumot yöq.

Rustam Azimov 1991-1998 yillarda Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boşqaruv raisi sifatida işlagan. U 1998-2000 yillarda birinçi marta Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri bölgan.