17:51 / 06.06.2017
85726

Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha tergov davom etayotgan vaqtda kollej direktori ishdan ketdi

Toshkent shahridagi P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktori Lutfi Yusupova o‘z arizasiga binoan ishdan olindi. Bu haqda Qalampir.uz xabar tarqatdi.

Lutfi Yusupova ta'lim dargohida 33 yildan beri faoliyat yuritib kelgan bo‘lib, oxirgi 10 yildan buyon kollejga rahbarlik qilib kelayotgandi. Kecha, 5 iyun Lutfi Yusupovadan ishdan bo‘shash haqidagi arizasi olingan.

Eslatib o‘tamiz, bir oycha muqaddam P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kollejining 1999 yilda tug‘ilgan, 17 yoshli talabasi Jasur Ibragimov o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklangan. U o‘ziga yetkazilgan jarohatlar va o‘tkazilgan murakkab operatsiyalarga dosh bermasdan 1 iyun kuni olamdan o‘tdi. 

Avvalroq, Jasur Ibrohimovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev tomonidan shaxsan nazoratga olingani haqida xabar bergandik. 

Top