Toşkent şahridagi Borovskiy tibbiyot kolleji öquvçisi Jasur Ibrohimovning ölimi böyiça jinoyat işi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Ixtiyor Abdullayev tomonidan şaxsan nazoratga olindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi matbuot xizmati ma'lum qilgan.
Avval xabar qilinganidek, 3 may kuni P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqiç talabasi, 1999 yilda tuğilgan Ibroximov Jasurbek Maxammadjon öğli tan jarohati olib, Toşkent şahar 2-son bolalar jarrohlik şifoxonasiga yotqizilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 1 iyun kuni Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan.
Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Xabarda aytilişiça, 4 iyun kuni jinoyat işi Toşkent şahar prokuraturasi iş yurituviga qabul qilingan. Töplangan dalillar majmui asosida Islombek Tölaganov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan ayblanuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilingan va unga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Ayni vaqtda jinoyatga aloqador şaxslar doirasini aniqlaş yuzasidan tegişli tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.












