GM Uzbekistan AJ avtomobil narxini tölaş turlari haqida ma'lumot berdi.

Jismoniy şaxslarga avtomobil yetkazib beriş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:

- Naqd pul mablağlarini bank taşkilotlari kassasiga topşiriş yöli orqali;

- Jismoniy şaxslarga tijorat banklari tomonidan avtomobilni xarid qiliş uçun beriladigan iste'mol krediti hisobidan yoki jismoniy şaxslarning omonat (depozit) hisob raqamlaridagi mablağlardan pul ötkaziş yöli orqali;

- Faqatgina xaridor nomiga rasmiylaştirilgan jismoniy şaxsning plastik kartoçkasi orqali.

Yuridik şaxslarga avtomobilni yetkazib beriş quyidagiça amalga oşiriladi:

- Yuridik şaxslarning banklardagi depozit hisob raqamlaridan, pul mablağlarini qonunda belgilangan tartibda pul ötkaziş yöli orqali;

- Tijorat banklari tomonidan yuridik şaxslarga yoki yakka tadbirkorlarga avtomobil xarid qiliş uçun berilgan kredit hisobidan, ssuda hisob raqamlaridagi mablağlardan pul ötkaziş yöli orqali.

Avvalroq GM Uzbekistan rasmiy saytida avtomobillar narxlari bilan real vaqt rejimida tanişib boriş imkoniyati mavjud bölgan maxsus bölim iş boşlagani haqida xabar bergandik.