00:23 / 07.06.2017
6223

Tehron metrosida ikkita poyezd to‘qnashishi oqibatida ko‘plab odamlar jarohat oldilar

Foto: AFP 2017/ Salah Habibi

Eron poytaxti Tehron metrosida ikkita poyezd to‘qnashib ketishi oqibatida 48 kishi jarohat oldi. Bu haqda Eron sog‘liqni saqlash vazirligiga iqtibos keltirgan holda Tasnim axborot agentligi xabar bermoqda

Avariya 6 iyunda mahalliy vaqt bilan soat 18:15da Tehron metrosining ikkinchi yo‘nalishidagi "Tarasht" stansiyasida yuz bergan.

Stantsiya platformasida turgan poyezdga uning ortidan kelayotgan poyezd kelib urilgan.

Jarohatlanganlardan 40 nafari shifoxonaga yetkazilgan, ulardan ba'zilari jiddiy jarohatlar olganlar.

Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid
Top