Avval xabar berilganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Toşkent şahri aholisiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatişni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş hamda uning samaradorligi uçun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas'uliyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorda aytilişiça, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Toşkent şahrining tuman markaziy köp tarmoqli poliklinikalari va oilaviy poliklinikalari tomonidan körsatilayotgan tibbiy xizmatlarning töliqligi va sifatini reyting baholaş tartibi töğrisidagi, tibbiyot xodimlari faoliyatini baholaş natijalari asosida ularni moddiy rağbatlantiriş tizimini öz içiga oladigan Nizom loyihasini ikki oy muddatda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, unda uşbu tizimning 2017 yilning 1 oktabridan boşlab amaliyotga kiritilişi nazarda tutiladi;

ikki oy muddatda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Toşkent şahrining oilaviy va tuman markaziy köp tarmoqli poliklinikalari ştat normativlarini işlab çiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

uç oy muddatda Toşkent şahrining oilaviy va tuman markaziy köp tarmoqli  poliklinikalarini öz kasbiga sodiq va aholiga tibbiy yordam körsatiş samaradorligini sifatli darajada ta'minlaşga qodir bölgan malakali tibbiyot kadrlari bilan töldiriş çora-tadbirlarini köradi.

Uşbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oşiriş ştatdagi xodimlarning amaldagi umumiy soni hamda 2017 yilda Toşkent şahrining oilaviy va tuman markaziy köp tarmoqli poliklinikalarini saqlab turişga ajratilgan byudjyet mablağlari doirasida amalga oşiriladi.