Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Toşkent şahri aholisiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatişni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş hamda uning samaradorligi uçun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas'uliyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori çiqdi.

Qaror bilan aholiga birlamçi yordam körsatiş tibbiy muassasalarining boşqaruv tizimini yanada takomillaştiriş va uning faoliyati samaradorligini oşiriş, ambulatoriya-poliklinika muassasalarining tez tibbiy yordam körsatiş xizmati, statsionarlar va ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam markazlari bilan özaro hamkorligining amaliy mexanizmlarini joriy etiş, şuningdek, Toşkent şahri aholisi uçun qulay va malakali birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatilişi yuzasidan ular rahbarlari va mutaxassislarining şaxsiy mas'uliyatini kuçaytiriş maqsadida:

Toşkent şahrining tuman markaziy köp tarmoqli va oilaviy poliklinikalarining, şuningdek, ular rahbarlari va mutaxassislarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

aholiga eng köp uçraydigan kasalliklarni profilaktika qiliş va davolaş böyiça alohida bemorlar hamda butun oila darajasida tibbiy xizmatlar körsatiş;

aholiga malakali birlamçi, birinçi navbatda kasalliklarni profilaktika qiliş masalalarida tibbiy-sanitariya yordami körsatiş, tuğruq yoşidagi ayollar, ösmir qizlar, homilador ayollar, bolalar, şuningdek, yolğiz keksalar, nogironlar, surunkali kasalliklarga çalingan bemorlar hamda özgalar kömagiga va ijtimoiy yordamga muhtoj şaxslar örtasida doimiy patronaj işlarini amalga oşiriş;

oilada tibbiy madaniyatni oşiriş va har bir kişining öz salomatligi va bolalari salomatligi uçun mas'uliyatini oşirişga yönaltirilgan dasturlarni amalga oşiriş orqali aholi örtasida soğlom turmuş tarzi asoslarini şakllantiriş va mustahkamlaş;

aholi örtasida barkamol soğlom avlodni tarbiyalaşga, ona va bola salomatligini muhofaza qilişga, tibbiy etika va deontologiya, sanitariya-gigiyena könikmalari, oqilona ovqatlaniş qoidalariga rioya etişga, tuğma patologiya va irsiy kasalliklarni kamaytirişga yönaltirilgan profilaktika tadbirlarini taşkil etiş va amalga oşiriş;

milliy kalendarga binoan profilaktika emlaşlarini ötkaziş yöli bilan boşqariladigan infeksiyalar va ularning asoratlarini profilaktika qiliş;

yuqumli bölmagan kasalliklarga çaliniş xavfi omillarini barvaqt aniqlaş mexanizmlarini joriy etiş yöli bilan aholi örtasida kasallikka çaliniş, nogironlikni va barvaqt ölimni profilaktika qiliş;