03:47 / 11.06.2017
5756

JCh-2018 saralashi, Ye guruhi. Levandovskining 3 goli Polshaga g‘alaba keltirdi

Yevropada 2018 yilgi jahon chemionati saralashi doirasida Ye guruhi vakillari 6-tur o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Polsha o‘z maydonida Ruminiyani qabul qilib, 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Mezbonlarning gollariga Robert Levandovski mualliflik qildi (ikkitasi penaltidan). Mehmonlar safida javob goli Bogdan Stanku tomonidan urildi.

Chernogoriya termasi esa Armanistonni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Podgoritsadagi «Pod Goritsom» stadionida kechgan uchrashuv 4:1 hisobida yakunlandi.

G‘oliblar safida Stevan Yovetich 3ta gol urdi, yana bir gol Fatos Bechiroy hisobiga yozildi. Javob goli muallifi Ruslan Koryan.

Qozog‘iston esa Daniyani qabul qilib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Daniyaliklar tarkibida gollarni Nikolay Yorgensen, Kristian Eriksen va Kasper Dolberg urgan, mezbonlarning yagona javob goliiga Islambek Kuat mualliflik qilgan. Qozog‘iston birinchi bo‘lim oxiridan bir kishi kam bo‘lib qolgan.

6 tur o‘yinlaridan keyin Ye guruhida shunday vaziyat yuzaga kelgan: 1. Polsha — 16 ochko; 2-3. Chernogoriya va Daniya — 10tadan; 4-5. Ruminiya va Armaniston — 6tadan; 6. Qozog‘iston — 2.

JCh-2018 saralashi, Yevropa
6-tur

Polsha – Ruminiya 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 29, penalti Levandovski, 2:0 – 57 Levandovski, 3:0 – 62, penalti Levandovski, 3:1 – 77 Stanku.
Polsha – Shchensni, Chonek, Yenjyeychik, Pishchek, Pazdan, Linetti (Milik, 72), Monchinski (Krixovyak, 44), Zelinski (Teodorchik, 81), Blashchikovski, Grositski, Levandovski.
Ruminiya – Teterushanu, Sepunaru, Toshka, Latovlevich (Grozav, 60), Kirikesh, Pintiliy, Benzar, Marin (Xanka, 79), Kipchu (Stanchu, 60), Andone, Stanku.
Ogohlantirishlar: Sepunaru (28).

Chernogoriya – Armaniston 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 2 Bechiray, 2:0 – 28 Yovetich, 3:0 – 54 Yovetich, 4:0 – 82 Yovetich, 4:1 – 89 Koryan.
Chernogoriya – Petkovich, Simich, Tomashevich (Klimenta, 75), Savich, Marushich, Kosovich, Yankovich, Vukchevich (Shchekich, 71), Bechiray, Yovovich (Xaksabanovich, 84), Yovetich.
Armaniston – Beglaryan, Mkoyan (Yedigaryan, 46), Andonyan, Dagbashyan, Oganesyan, Ozbiliz (Manucharyan, 60), Voskanyan, Mxitaryan, Koryan, Grigoryan, Pitstselli (Barsegyan, 73).
Ogohlantirishlar: Koryan (60), Grigoryan (79).

Qozog‘iston – Daniya 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 27 Yorgensen, 0:2 – 51, penalti Eriksen, 1:2 – 76 Kuat, 1:3 – 81 Dolberg.
Qozog‘iston – Loriya, Shomko (Vorogovskiy, 67), Axmetov, Logvinenko, Suyumbayev, Mujikov, Kuat, Jukov, Islamxon, Nuserbayev (Tungyshbayev, 75), Nurgaliyev (Beysebekov, 56).
Daniya – Rennov, Ker, Durmisi, Vestergor, Larsen (Dalsgor, 82), Eriksen, Kvist (Shene, 46), Dileyni, Yorgensen, Poulsen (Dolberg, 68), Breytueyt.
Ogohlantirishlar: Nuserbayev (19), Logvinenko (63).
Chetlatish: Islamxon (43).

Mavzuga oid
Top