O‘zbekiston | 13:30 / 13.06.2017
76100
4 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazir o‘rinbosarlari soni qisqartirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12 iyundagi qarorida belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, o‘zgartishlar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosarlari hamda hukumat apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijaviyligini ta'minlash, ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida olib borilmoqda.

Qarorga ko‘ra, bosh vazirning o‘rinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksi va Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish Yig‘ma axborot-tahlil departamenti rahbari lavozimi tugatildi (o‘tgan yil dekabridan buyon mazkur lavozimda Rustam Sodiqovich Azimov faoliyat ko‘rsatar, 6 iyunda uning o‘rnini Jamshid Qo‘chqorov egallagan edi).

Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari lavozimi ta'sis etildi.

Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosari — Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, jismoniy madaniyat va sport masalalari bo‘yicha kompleks rahbari o‘rinbosari lavozimi bekor qilindi (Adham Ilhomovich Ikromov ishdan olingach, mazkur lavozim shu vaqtgacha bo‘sh edi).

Bosh vazir o‘rinbosari — «O‘zavtosanoat» AK boshqaruvi raisi — Eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari lavozimi o‘rniga (Ulug‘bek Ro‘ziqulovich Ubaydullayevich) bosh vazir o‘rinbosari — «O‘zavtosanoat» AK boshqaruvi raisi — Tashqi iqtisodiy faoliyatni, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari ta'sis etilgan.

Vazirlar Mahkamasida to‘rtta axborot-tahlil departamenti tugatildi:
Ta'lim va fan masalalari Axborot-tahlil departamenti (ATD);
Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari ATD;
Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlari eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari ATD;
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi.

Hukumat tuzilmasida ular o‘rniga quyidagi axborot-tahliliy departamentlar tashkil etilgan:
- Ta'lim, fan va yoshlar siyosati masalalari ATD;
- Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar ATD;
- Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari Yig‘ma ATD;
- Investitsion dasturlarni amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni shakllantirish va monitoringi masalalari ATD;
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot sohalari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish ATD;
- Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi.

Bosh vazirga Ta'lim, fan va yoshlar siyosati ATD, Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar ATD hamda Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy madaniyat va sport ATDga rahbarlik qilish yuklatildi.

Mavzuga oid