Jamiyat | 16:23 / 14.06.2017
10040
3 daqiqa o‘qiladi

“O’zbekiston 24”: Axborot makonidagi yangi istiqbollar

Foto: "Kun"

Joriy yilning 14 iyun kuni Xalqaro Press-klubning navbatdagi anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 2 mayda qabul qilingan “O’zbekiston 24” axborot tahliliy teleradiokanali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (2944-son) Qarorning ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar anjuman diqqat markazida bo‘ldi.

Sessiyada O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobir Alixanov, “O’zbekiston 24” teleradiokanali rahbariyati - direktor Ozod Hamidxo‘jayev, direktorning birinchi o‘rinbosari Rahim  Mahkamov, direktor o‘rinbosari Sohibjon Alijonov qatnashib, qarorda belgilangan vazifalar va ularning ijrosiga oid tadbirlar yuzasidan ma'lumotlar berishdi. 

Yangi teleradiokanal 251 nafar shtat birligiga ega bo‘lib,  “O’zbekiston 24” SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyatsiyasi mamlakatda ushbu formatga to‘liq o‘tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.

Yangi teleradiokanal tunu kun bevosita efir davomida zamonaviy jurnalistikaning barcha imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda mamlakatimiz tashqi va ichki siyosatining muhim masalalarini butun respublika bo‘ylab keng yoritib boradi. Bir vaqtning o‘zida xalqaro va mahalliy voqea hodisalarga  xolis baho berib, O‘zbekiston aholisining sifatli axborotga bo‘lgan kuchli talabini qondirishga xizmat qiladi. Shuningdek, yangi teleradiokanal zamonaviy mediakontent sifatida o‘zida bugungi davrning eng ilg‘or mediamahsulotlari, zamonaviy standartlari va kreativ yondashuvlarini ham mujassamlashtirishi alohida ko‘rsatilgan.  

O‘z faoliyati ko‘lami doirasida “O’zbekiston 24” teleradiokanali ochiq muloqot muxitida davlat va jamiyat boshqaruv organlari rahbarlari, ekspertlar, keng jamoatchilik va akademik doira vakillari ishtirokida dolzarb muammolarni ijtimoiy muhokamalar markaziga olib chiqish, ularning yechimlari bo‘yicha aniq takliflar berish kabi vazifalarni ham bajarishi nazarda tutilgan. Bu yo‘nalishda   yangi teleradiokanalning Taraqqiyot Stategiyasi markazi va “Xalqaro Press-klub” hamda boshqa ommaviy axborot vositalari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, fuqarolik institutlari bilan hamkorlik qilishi rejalashtirilgan. 

O‘zbekiston tarixida birinchi marta  24 soat davomida axborot uzatadigan yangi formatdagi  “O’zbekiston 24” teleradiokanalining tashkil etilgani mamlakat ommaviy axborot vositalari sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqadi. 

Mavzuga oid