«Bizga “shok terapiya”si kerak» maqolasidan «chetlab o‘tib» keta olmadim (Aleksandr Davletovning maqolasi Uz24 saytida 17 iyun kuni e'lon qilingan). Muallif o‘zini valyuta bozorini erkinlashtirish tarafdori, deb e'lon qiladi, biroq, shu bilan birga, bu juda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytadi. Bu maqola erkinlashtirishga qarshi bo‘lganlarda juda ijobiy kayfiyat uyg‘otgani bejiz emas: ularda uzoq vaqt bo‘lmagan asoslar topildi. Bu ular uchun shunchaki sovg‘a!

Muallifning fikricha, valyuta bozorining erkinlashtirilishi qanday xatar uyg‘otadi?

- Erkin bozor kursi bir dollar uchun 10 500 so‘mgacha chiqadi;
- YaIM o‘sishi sekinlashadi yoki hattoki to‘xtaydi;
- Inflyatsiya va ishsizlik darajasi ikkita raqamli songa yetadi.

Va bularning bariga «shok terapiyasi» kabi «qo‘rqinchli» iboradan foydalanish orqali hamrohlik qilinadi.

Oddiysi - inflyatsiyadan boshlaymiz. O‘zbekistonning xaridlarni qiluvchi istalgan fuqarosi biladiki, bizda hech qanday erkinlashtirish bo‘lmay turib ikkita raqamli son bor (ya'ni 10 foizdan ko‘proq), albatta, agarda bizning rasmiy statistikaga ko‘r-ko‘rona ishonmasak. Ko‘r-ko‘rona ishonish esa kerak emas, sababi u nafaqat sog‘lom fikrga zid, balki o‘ziga-o‘zi ham qarshi. Shuning uchun inflyatsiyaning ikkita raqamli songa yetishi borasidagi tahdidlar mantiqsiz – biz allaqachon o‘sha yerdamiz.

Boshqa masala, valyuta bozorini erkinlashtirish inflyatsiyani yanada kuchaytirishi mumkinmi? Bu import tovarlarga narxlar ko‘tarilsa, yuz beradi. Biroq, bugungi kunda aksariyat import mahsulotlari bozor («qora» yoki «birja») kursida sotilmoqda. Istalgan bozorni erkinlashtirishda (nafaqat valyuta bozorini) muvozanat narxi (muvozanat kursi) norasmiy bozorlarda rasmiy narx (kurs) va narx (kurs) o‘rtasida o‘rnatiladi. U norasmiy bozor narxidan yuqori bo‘lishi mumkin emas. Bu iqtisodiyot qonuni. O‘ylashimcha, muvozanat nuqtasi hozirda «qora» kursga yaqin yoki u va «birja» kursi bilan oraliqda joylashgan. Demak, o‘rtacha bozor narxlari kuchli oshishi kerak emas, ko‘p ehtimol bilan erkinlashtirish ularga ta'sir qilmaydi. Garchi narxlar tuzilmasi o‘zgarishi mumkin (qaysidir biri oshadi, boshqasi esa tushadi). Biroq inflyatsiya haqida gapirar ekanmiz, aynan o‘rtacha narxlarni nazarda tutamiz.