Markaziy bank rahbariyatining deyarli butunlay yangilanişi va tez orada valyutaning erkinlaştirilişi borasidagi umidlar konvertatsiya qanday ssenariy asosida “oçilişi” va bizni boşida dollarning qanday kursi kutib turgani haqida öylaşga majbur qiladi. Bu savollarga mustaqil moliyaviy ekspert Aleksandr Davletov Uz24.uz saytida javob berişga harakat qilgan.

Hozirda prezidentga juda yuqori işonç reytingi bor, jamiyat istalgan özgarişlarni qabul qiladi, sababi islohotlarni istaydi. Plyus Markaziy bank yangi rahbariyatida harakatlarning töliq erkinligi bor, ya'ni, u heç qanday şartlilik, kelişuvlar va avvalgi rahbariyat majburiyatlari bilan çeklanmagan. Erkin konvertatsiyaga ötişning qanday aniq ssenariysi tanlanadi, aytiş muşkul – bu hukumat tomonidan qöyilgan vazifalar va ötiş davri vaqtida harakatlardagi ustuvor jihatlarga boğliq.
  
Men erkin suzib yuruvçi kurs tarafdori sifatida, boşlanişida “şok terapiyasi” fikridaman. Ustuvor vazifalarga esa oltin-valyuta zaxiralari va ijobiy savdo balansini saqlab qoliş aylanişi kerak, ya'ni kursni uşlab turişga bir sent ham sarflaş kerak emas. Erkin tuşiş jarayoniga, söm eng tubi yoki qarama-qarşi nuqtaga yetmaguniça aralaşiş kerak emas, u real ijobiy savdo balansini ta'minlab beradi. Albatta, bunday ssenariyda makroiqtisodiy körsatkiçlar jabr köradi: YaIM ösişi sekinlaşadi yoki hattoki töxtaydi, inflyatsiya va işsizlik darajasi ikki sonli raqamga yetadi. Biroq iqtisodiyotni soğlomlaştiriş va ortiqça narsalardan tozalaş uçun u bundan ötişi kerak.

Boşlanişida dollar kursi qanday böladi? Hozirda aslida kursning 5 turidan, ular qanday va qayerda taşkil etilişiga qarab foydalanilmoqda – MB rasmiy kursi, valyuta birja kursi, tijorat banklari tijorat kursi, naqd dollar kursi (“qora bozor”) va komissiyalar şartnomalari böyiça, deb ataluvçi kurs (birja kursi). Sömning erkin suzib yurişi holatida maksimal körsatkiçlardan, ularga çayqovçilik va ehtimoliy intervensiya omilini olib taşlaş uçun yana 10-15 foiz qöşib bergan holda kelib çiqiş kerak. Şu tariqa, erkin boşlanğiç kurs bir dollar uçun 10 500 sömdan, bozor iştirokçilari uçun heç qanday çeklovlarsiz “oçilişi” kerak. Bunday ssenariyda valyuta bozori xotirjam holatga keladi, sarmoyadorlarning unga işonçi paydo böladi, keyingi özgarişlar uçun yangi poydevor taşkil etiladi.

2017 yilning oxiriga kelib söm kursi asta-sekinlik bilan mustahkamlanadi, ehtimol, u bir dollar uçun 7,500-8 000 söm darajasida böladi. Şu bilan birga, yoddan çiqariş kerak emaski, valyuta bozoridagi eng asosiy va mas'uliyatli öyinçi, albatta, davlatdir. Biz, ekspertlar, ssenariylarni taxmin qilgan holda, obröni yöqotiş tahdididan boşqa yöqotişlarga uçramaymiz. Bu yerda esa katta xatar bor, şuning uçun işonçim komilki, hukumat va Markaziy bank eng optimal va ham jamiyat, ham biznesni qanoatlantiruvçi yaxşi öylangan uslubni tanlaydi.