Jahon | 20:32 / 21.06.2017
7164
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Braziliyaga tashrif buyurish taklifini qabul qildi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Braziliyaga rasmiy tashrif bilan boradi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

"Braziliya prezidenti Temer Rossiya prezidenti Putinga Braziliya delegatsiyasiga Rossiyaga tashrifi vaqtida ko‘rsatilgan iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirdi va Putinga diplomatik kanallar bo‘yicha kelishib olinadigan unga qulay vaqtda Braziliyaga rasmiy tashrif  bilan kelishni taklif qildi. Taklif minnatdorchilik bilan qabul qilindi", deb aytildi ikki davlat yetakchilari bayonotida. 
 
Shuningdek, Rossiya va Braziliya harbiy-texnik sohada ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorliklarini bildirdilar. 

Mavzuga oid