BAA Yamanda maxfiy qamoqxonalar tarmog‘iga ega ekani ma'lum qilindi
Yaman amaldorlari, huquq himoyachilari va sobiq mahbuslarning xabar berishicha, BAA Yaman janubida maxfiy qamoqxonalar tarmog‘ini boshqaradi, u yerda qiynoqlar va mahbuslarni tahqirlash juda avj olgan. Bu haqda Assoshieyted Press agentligi xabar bergan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, qamoqxonalarda “Al-Qoida” terrorchilik guruhi jangarilariga olib borilgan “ov” vaqtida qo‘lga olingan bir necha yuzlab kishilar izsiz g‘oyib bo‘lgan.
AQSh mudofaa mahkamasi yuqori mansabli amaldorlarining xabar berishicha, amerikaliklar qo‘lga olinganlarni so‘roq qilgan, biroq Pentagon AQSh fuqarolari hech qanday tahqirlashlarda ishtirok etmaganini iddao qildi, deb ta'kidlaydi agentlik.
Biroq huquq himoyasi sohasidagi ekspertlarning qayd etishicha, amerikaliklar qiynoqlarga qarshi Xalqaro konvensiyani buzgan bo‘lishi mumkin. Bunda ular shunday holatlar boshqa tomondan sodir etilgan paytda uning ishtirokchisiga aylangan bo‘lishlari ehtimolga yaqin. BAA, agentlikning ta'kidlashicha, AQShning eng muhim ittifoqchilaridan biri hisoblanadi, hamda Yamanda harakatlanuvchi Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaga kiradi.
Mavzuga oid
15:24 / 23.12.2024
“Vertolyotda kelib, ko‘zimizni bog‘lab olib ketishdi” - BAAda hibsga olingan o‘zbekistonlik
15:56 / 22.12.2024
Amerikalik harbiylar Qizil dengiz ustida o‘z qiruvchisini urib tushirdi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:32 / 10.12.2024