Jamiyat | 10:31 / 22.06.2017
6581
1 daqiqa o‘qiladi

YUNISEF: Iroqda besh milliondan ortiq bola gumanitar yordamga muhtoj

Foto: Reuters

BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning ma'lum qilishicha, Iroqda hozirgi kunda 5 mln.dan ortiq bola gumanitar yordamga muhtoj.

Bu haqda Reuters tashkilot bayonotiga asosan xabar bermoqda.

«Iroqning barcha hududida bolalar haqiqiy dahshat va zo‘ravonlikning guvohiga aylanishda davom etmoqda», - deya jamg‘arma bayonotidan iqtibos keltiradi agentlik.

Tashkilot ma'lumotiga ko‘ra, bolalarni o‘ldirishmoqda, yaralashmoqda, o‘g‘irlashmoqda, birovlarni otish va o‘ldirishga majburlashmoqda.

Avvalroq YUNISEF Mo‘sulda bolalar ommaviy ravishda o‘ldirilayotganini ma'lum qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid