12:46 / 23.06.2017
107559

Qozog‘istonda YTH tufayli halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e'lon qilindi 

O‘zbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqarmasi Qozog‘istonda yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxatini e'lon qildi.

22 iyun kuni soat 10:20 da Samara—Chimkent trassasining 946-kilometrida, Qorabutoq posyolkasidan 20 kilometr uzoqda ikki qavatli Mercedes avtobusi ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi (O‘zbekiston fuqarolari), 18 kishi kasalxonaga yetkazildi (17 nafar O‘zbekiston fuqarosi va bir nafar Qozog‘iston fuqarosi). 25 kishiga hodisa joyida yordam ko‘rsatildi

Jabrlanuvchilar Akto‘be viloyati, Aytekebiysk tumani hududidagi «Komsomol» posyolkasidagi shifoxonaga joylashtirilgan.

TIV saytida Qozog‘istonda 22 iyun kuni ro‘y bergan YTH oqibatida halok bo‘lganlar ro‘yxati keltirilgan. Qurbonlarning 7 nafari Farg‘ona vodiysidan, bir nafari Surxondaryo, bir nafari Jizzax viloyatida istiqomat qilgan. Ularning yoshi eng kattasi 36 yoshda, eng kichigi esa 26 yoshda bo‘lgan.

1. Toshtemir Jumayev Ahmadovich: Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, «Bandixon» qishloq fuqarolar yig‘ini, Qizilqaloq ko‘chasi (24.07.1988).
2. Muzaffar Ergashev Abubakirovich: Jizzax viloyati Zarbdor tumani (22.04.1991)
3. O‘lmasbek Qahhorov Bo‘ronboyevich: Andijon vil., Marhamat tuman, «Ko‘tarma» qishloq fuqarolar yig‘ini, Kichik ko‘tarma ko‘chasi (17.03.1982).
4. Shohruxbek Aliyev Shavkat o‘g‘li: Andijon vil., Bo‘z tumani, «Xovos» qishloq fuqarolar yig‘ini, Zavrok ko‘chasi (22.11.1990).
5. Abdurasulxon Mo‘minov Parpiyevich: Namangan vil., Yangiqo‘rg‘on tumani, «Zarbdor» QFY (12.10.1984). 
6. Anvarjon Xolboyev Akramjonovich: Farg‘ona vil., Yozyovon tuman, «Qatortol» QFY, Pinaj ko‘chasi (30.08.1988).
7. Qudratali Tursunov Rustamaliyevich: Namangan vil., Chust tuman, «Sho‘rkent» QFY, (20.06.1981).
8. Iqboljon Qurbonov Ilhomjonovich: Farg‘ona vil., Rishton tuman, «Mehnatobod» QFY (13.05.1987).
9. Zohidjon Qodirov Zoirovich: Farg‘ona vil., Beshariq tuman, «Yakkatut» QFY (15.04.1982).

YTH oqibatida jabrlanib, shifoxonaga yotqizilgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati:
1. Islomjan Xolmatov Odimovich                      30.05.1981
2. Ismoil Tog‘ayev Abdullayevich                           01.03.1980
3. G‘ulomjan Nosirov Abdujabbarovich              25.09.1980
4. Shermonat Xo‘jayev Xurmonotovich                    02.03.1988
5. Olimjon Nasipov Abdixolidovich                 12.11.1977

Mavzuga oid
Top