Human Rights Watch va şu kabi turli xalqaro nodavlat notijorat taşkilotlar Özbekistonga qaytişi mumkin. Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro Press-klubdagi jonli muloqotida şunday bayonot berdi. 

Vazirning aytişiça, Human Rights Watch kabi inson huquqlarini himoya qiluvçi taşkilotlar va aynan uşbu NNT ham Özbekistonda faoliyat olib borişni qayta tiklaş böyiça qiziqiş bildirmoqda. Yaqinda mazkur taşkilot rahbari Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga murojaat qilib, Özbekistonda faoliyat olib borişga ruxsat berilişini söragan. 

Komilovga köra, bu kabi xalqaro inson huquqlari taşkilotlari Özbekistonga qaytişlari mumkin. Bu borada heç qanday çeklovlar yöq.

“Ammo, mazkur taşkilotlar bir narsani töğri tuşunişlari kerakki, ular Özbekiston hukumati bilan amaliy, özaro bir-birini hurmat qilib, Özbekiston içki işlariga aralaşmaslik tamoyiliga amal qilgan holda hamkorlikni yölga qöyiş maqsadga muvofiq böladi”, - dedi Abdulaziz Komilov.