Sport | 21:10 / 06.07.2017
11235
2 daqiqa o‘qiladi

«Milan»da navbatdagi transfer. Hisob bo‘yicha yettinchisi

«Milan» «Atalanta»dan Andrea Kontini transfer qildi. Tomonlar ushbu futbolchi bo‘yicha 24 million yevroga kelishishgan.

Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko‘ra, kelishuv doirasida Bergamoga milanliklarnng 20 yoshli havbeki Matteo Pessina jo‘natiladi.

Bugun ushbu yarim himoyachi milanliklar bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.

U bilan 5 yillik shartnoma tuziladi va unga yiliga 2 million yevro miqdoridagi maosh tayinlanadi.

Ushbu Italiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan 23 yoshli futbolchi 11 iyul kuni mashg‘ulotlarga kirishadi.

Qayd etish kerakki, yangi xo‘jayinlar qo‘liga o‘tgan «Milan» shu vaqtgacha 6 transferni rasmiylashtirgandi: «Vilyarreal»dan himoyachi Mario Musakkio, «Atalanta»dan tayanch yarim himoyachisi Frenk Kessiye, «Volfsburg»dan himoyachi Rikardo Rodriges, «Portu»dan hujumchi Andre Silva, «Sanderlend»dan hujumchi Fabio Borini va «Bayyer»dan Hoqon Chalxono‘g‘li sotib olingandi. 

«Milan» janjalli transferni amalga oshirmoqda

Mavzuga oid