Endi kadr tanlashda yaqinlari sudlanganiga qaralmaydi - Prezident

Foto: O‘zA
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 iyul kungi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishida bundan buyon yoshlardan kadr tanlashda uning qarindoshlari sudlangan-sudlanmaganiga qaralmasligini aytib o‘tdi.
«20 yil davomida shunaqa tizim yaratdikki, yaxshi-yaxshi kadrlarni «otasi qamalgan», «akasi qamalgan» degan vajlar bilan boshqaruvga yaqin yo‘latmadik. Barcha o‘zi uchun javob bersin. Ota o‘zi uchun, bola o‘zi uchun, aka o‘zi uchun. Endi vatanparvar bo‘lsa, tashabbuskor bo‘lsa, boshqaruvga jalb qilamiz», degan Shavkat Mirziyoyev.
Shu kungacha qarindoshlari sudlangan yoki qamalganlar ijtimoiy faoliyatida turli to‘siqlarga duch kelishi kuzatiladi. Bu toifadagi yoshlar o‘zi istagan oliygohga o‘qishga kirishda, o‘zi istagan ish bilan shug‘ullanishni istaganida diskriminatsiyaga uchraydi. Bu holat jamiyatdagi maishiy munosabatlarda ham aks etadi - ota, aka-uka, amaki-tog‘alar qilgan qilmishlarining farzandga (jigarga) ta'siridan tashqari, o‘sha xonadonga kuyov (yoki kelin) bo‘lmasidan ham oldin javobgarlikka tortilgan qaynota-qaynog‘alar qarindoshlarining faoliyatiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ba'zi hollarda yuridik oliygohni bitirganlar kareramga ta'sir qiladi, deb sudlangan oilalar bilan quda ham bo‘lmay qo‘yayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainada vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etishni taklif qildi
Jahon | 08:20
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namanganda sezildi
O‘zbekiston | 08:11
-
«AQSh bilan oldingi munosabatlar tugadi» - Kanada bosh vaziri
Jahon | 08:07
-
Netanyahu G‘azoni bosib olish bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 08:05
Mavzuga oid

20:33 / 27.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasni qabul qildi

19:28 / 27.03.2025
Yoshlarni Amerikaning «Pechak ligasi» universitetlariga tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

17:42 / 27.03.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

16:21 / 27.03.2025