Jahon | 12:47 / 14.07.2017
7578
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda suv toshqinlari, 85 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimoli-sharqida yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 85 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Times of India Hindistonning shimoli-sharqiy mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha vazir Jitendra Singxga asosan xabar tarqatdi.

Assam, Manipur va Arunachal-Pradesh shtatlari eng ko‘p zarar ko‘rgani aytilmoqda, Hindistonda hammasi bo‘lib noqulay ob-havo 58 tumanni qamrab olgan. 

Kuchli yomg‘irlar tufayli Gxagxara daryosidagi suv sathi oshmoqda, bu yanada katta ko‘lamdagi suv toshqinlariga olib kelishi mumkin. Mamlakatda 294 ta evakuatsiya markazi tashkil etildi, ularda 31 mingdan ortiq kishi qolmoqda.

Mavzuga oid