16:00 / 14.07.2017
19108

Tramp Putinni qachon Oq uyga taklif qilishini bildirdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni qachon Oq uyga taklif qilishiga oydinlik kiritdi. U Rossiya rahbarini buning uchun munosib vaqt bo‘lganda AQShga taklif qiladi. Tramp bu haqda 13 iyul kuni jurnalistlarga ma'lum qildi. 

"Men ha degan bo‘lardim. Munosib paytda. Hozir buning uchun ayni vaqti, deb o‘ylamayman. Ammo, mening javobim shu: "Ha, taklif qilardim", - degan Tramp jurnalistlarning RF prezidentini Oq uyga taklif qilish niyatingiz bormi, degan savollariga javob berar ekan. 

OAV vakillari, shuningdek, Putin bilan muzokaralarda Rossiyadan sanksiyalarni bekor qilish masalasini muhokama qildimi, deb so‘rashdi. "U bu masalani ko‘tarmadi. Biz Kongress tasdiqlamoqchi bo‘lgan sanksiyalarni qisqacha muhokama qildik", - degan Tramp. U matbuotni "Rossiya bilan ajoyib bitimlar tuzmoqchi ekani"ga ishontirgan.

AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbi uni prezidentlik saylovlari avvalida qo‘llab-quvvatlaganiga ishonmasligini aytgan.
 
"Putin bilan kelgusi safar uchrashganimda, undan: "Aslida siz kim tomonda edingiz?", deb so‘rayman. Chunki, uning men tomon bo‘lganiga ishonmayman", - degan Tramp. 

Putin va Trampning ilk uchrashuvi "Katta yigirmalik"ning Hamburg sammiti doirasida 7 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. U belgilanganidek, 30 daqiqa emas, 2 soatdan ortiq davom etgan. 

Top