Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saralash o‘yinlari arafasida terma jamoaning ikkinchi tarkibi xorijda yig‘in o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichining Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 17–23 iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahri yaqinidagi Kojaeli muzofotining Izmit shaharchasida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Bosh murabbiy Samvel Babayan mazkur o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga 20 nafar futbolchini jalb qildi. Yig‘in FIFA kunlarida o‘tkazilmayotgani tufayli legioner futbolchilar taklif qilinmadi.
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”);
Himoyachilar: Aleksandr Merzlyakov (“Qo‘qon-1912”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Farrux Sayfiyev (“Nasaf”), Sherzod A'zamov (“Paxtakor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”);
Yarim himoyachilar: Suhrob Berdiyev (“Qo‘qon-1912”), Salamat Quttibeov (“Lokomotiv”), Davronbek Umirov (“Bunyodkor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Murod Toshmatov (“Metallurg”), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”), Bahrom Abdurahimov (“Nasaf”), Erkin Boydullayev (“Qizilqum”);
Hujumchilar: Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Shohruz Norxonov (“Bunyodkor”).
Qayd etish joiz, jarohati tufayli Marat Bikmayev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Doston Hamdamov, Rustam Ashurmatov va Jamshid Iskanderov jarohati tufayli Turkiyadagi yig‘inga chaqiruv olmadi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniri saralash bosqichi 9-turini 31 avgust kuni safarda Xitoy termasiga qarshi o‘tkazsa, 5 sentabr kuni Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda O‘zbekiston 8 ta o‘yindan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.
Mavzuga oid
22:05 / 12.04.2026
“Endi bu yerda boshqa harakat qila olmayman”. Babayan "Andijon" bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi
17:44 / 01.12.2025
Samvel Babayan «Andijon» klubi bosh murabbiyi bo‘ldi
14:32 / 29.06.2024
Rasman: «Navbahor» va Babayan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qilishdi
13:00 / 12.11.2022