Britaniya muzeyi o‘g‘irlangan tarixiy ashyoni O‘zbekistonga qaytaradi

Foto: Buyuk Britaniya muzeyi
Buyuk Britaniya muzeyi O‘zbekistonning o‘rta asrlarga oid Islom madaniy yodgorligini tiklashga yordam beradi. U o‘g‘irlanib, O‘zbekistondan olib chiqib ketilgan va keyinchalik London muzeyida paydo bo‘lgan tarixiy buyumni qaytaradi. Bu haqda Gardian nashri yozmoqda.
Yirik islomiy xattotlik san'ati aks etgan koshinning balandligi yarim metr keladi. U 2014 yilda o‘g‘irlangan. O‘g‘rilar buyumni YuNeSKO madaniy yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan va Buyuk Ipak yo‘lidagi qadimgi shaharlardan biri Buxorodan 20 kilometr uzoqlikdagi 12-asrga oid yodgorlik peshtoqidan ko‘chirib olishgan.
Moviy rangli silliqlangan koshin Mayfair galereyasida sotish uchun paydo bo‘lgunga qadar, yo‘qolib ketgan deb hisoblangan.
O‘g‘rilik rasman e'lon qilinmagan. Biroq yuqoridagi tarixiy majmuadan qaytgan oksfordlik olim uni Saymon Rey galereyasi tomonidan chop etilgan nashrda ko‘rib qolgan.
Shundan so‘ng, koshinni yaxshi niyatda xarid qilgan Rey zudlik bilan Britaniya muzeyiga qo‘ng‘iroq qilib, xattotlik yodgorligining tiklanishini “ajoyib” ish bo‘lardi, deya ta'riflaydi.
Shunday qilib, muzey shu haftada ushbu tarixiy ashyoni O‘zbekistonning Londondagi elchixonasiga topshiradi.
Islomiy xattotlik namunasining o‘g‘irlangan qismining balandligi 52.5sm, eni 30.5 smni tashkil etadi. U Vobkentdagi Chashmai Ayub yodgorlik majmuasiga tegishlidir.
Britaniya muzeyining katta kuratori Jon Simpsonning Gardian gazetasiga aytishicha, “bu koshin muzeydan joy olishga arziydigan buyumdir”.
U, shuningdek, Hind va Islom madaniy yodgorliklari bo‘yicha yetakchi diler hisoblanuvchi Reyning sa'y-harakatini “tahsinga loyiq”, deb atadi.
Shu bilan qiymati bir necha o‘n ming dollarga baholangan yodgorlik parchasi vatanga qaytadigan bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29
-
12 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:46
-
O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi
O‘zbekiston | 22:38
Mavzuga oid

23:00 / 12.05.2025
Britaniya bosh vazirining uyida yong‘in chiqdi - The Times

19:47 / 12.05.2025
Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilish qoidalarini kuchaytirmoqchi

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

14:24 / 12.05.2025