Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Venesuelaga tahdid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela rahbari Nikolas Maduro 30 iyul kuni ta'sis yig‘ilishini chaqirsa, “kuchli va tezkor iqtisodiy harakatlar”ni ko‘rish bilan tahdid qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
“Venesuela xalqi kecha demokratiya, erkinlik va qonun ustuvorligi tarafdori ekanini yana bir karra ko‘rsatdi, biroq ularning kuchli hamda irodali xatti-harakatiga diktator bo‘lishni orzu qiluvchi yomon yetakchi e'tibor bermayapti”, - deya ma'lum qildi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Qo‘shma Shtatlar Venesuela vayronalarga aylanib borayotgan vaziyatni shunchaki kuzatib turmaydi”.
“Agarda Maduro rejimi 30 iyul kuni o‘z ta'sis yig‘ilishini chaqirsa, Qo‘shma Shtatlar kuchli va tezkor iqtisodiy harakatlarni ko‘radi”, - deya ma'lum qildi u.
Avvalroq Venesuelada 7 mln kishi Nikolas Maduroga qarshi ovoz bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026