Venesuelada muxolifat tomonidan ötkazilgan “xalq referendumi”da milliy ta'sis yiğilişini çaqirişga qarşi 7 mln.dan ortiq inson ovoz berdi. Bu haqda Reuters muxolifat vakillariga asosan xabar bermoqda.
Karakasdagi ovoz beriş jarayoni davomida navbatda turgan saylovçilarga noma'lum şaxslar hujum qilgan, natijada keksa yoşli ayol halok bölib, bir neça kişi jarohatlandi.
Xorijiy siyosatçilarning fikriça, muxolifat referendumi prezident Nikolas Maduroga qarşi 3,5 oylik namoyişlar vaqtidagi eng yirik çaqiriq bölib, uşbu hodisalar oqibatida 95 kişi öldirildi, 500 ga yaqin inson jarohatlandi va 1,5 mingdan köproq fuqaro qölga olindi. Ovoz beriş mamlakatdagi 2 ming va xorijdagi 500 ta uçastkalarda bölib ötdi.












