Turkiya va Isroil prezidentlari Al-Qudsdagi keskin vaziyatni muhokama qilishdi

Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil prezidenti Reuven Rivlin bilan Al-Qudsdagi Al-Aqsa masjidi bilan bog‘liq keskin vaziyatni telefon orqali muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Anadolu” Turkiya davlat rahbari ma'muriyatidagi manbalarga asosan.
Turkiya prezidenti 14 iyul kuni Al-Qudsda ro‘y bergan va insonlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan hodisalardan tashvishda ekanini bildirdi.
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, zo‘ravonlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, diniy obektlarning muqaddasligi va tarixiy maqomiga hurmat ruhini saqlab qolish lozim.
Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Al-Quds masjidi hududiga kirmoqchi bo‘lgan musulmonlarga nisbatan qo‘llangan cheklovlarni qabul qilib bo‘lmaydi va ushbu masala din erkinligi doirasida hal etilishi lozim.
Turkiya prezidenti “Al-Aqsa” masjidining musulmonlar uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib, isroillik askarlar masjidga kiraverishda metall buyumlarni qidirish qurilmalaridan foydalanishni bas qilishlari lozimligini qayd etgan.
Isroil prezidenti Rivlinning bunga javoban ta'kidlashicha, ushbu choralar xavfsizlik maqsadida ko‘rilgan bo‘lib, masjidning maqomi avvalgidek qoladi, din erkinligi esa cheklanmaydi.
Avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘an falastinlik hamkasbi Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqotda Isroilning Falastin aholisiga nisbatan huquqbuzarliklarini muhokama qilgani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchisi ASEAN huzurida akkreditatsiyadan o‘tdi
O‘zbekiston | 11:29
-
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda
Jahon | 11:01
-
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi
Jahon | 11:00
-
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:51
Mavzuga oid

08:45
TSAHAL G‘azodagi operatsiya strategiyasini radikal o‘zgartirdi

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

08:11 / 14.04.2025
Isroil armiyasi G‘azoda 1,2 kmlik tunnelni yo‘q qildi

19:47 / 13.04.2025